Global isish tezlashmoqda — Yerni "do‘zox iqlimi" kutyaptimi?

Yer yuzida so‘nggi 125 ming yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etilgani haqida olim Kristofer Vulf The Guardian nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi ko‘plab olimlar oldin aytgan prognozlardan ham shiddatliroq ketyapti va global isish Yerda “do‘zox iqlimi”ga o‘xshash xavfli holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti professori Tim Lenton ham bu vaziyatni juda jiddiy baholab, haroratning hatto bir necha darajaga ko‘tarilishi insoniyat uchun katta xatar tug‘dirishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerda to‘liq “issiqxona effekti”ga o‘tish shart emas, chunki global isish sayyorani 3°C ga qizdirsa ham, insonlar va jamiyatlar uchun og‘ir oqibatlar paydo bo‘ladi.
Olimlar prognozida 3°C atrofidagi o‘sish iqtisodiyot va jamiyatning hozirgi shaklda ishlashini izdan chiqarishi mumkinligi qayd etilgan. Shu bilan birga, maqolada “issiqxona Yer” ssenariysi oddiy bir necha daraja ko‘tarilishidan ham ancha og‘irroq tus olishi mumkinligi ta’kidlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!