
Germaniyaning Dyusseldorf shahri hukumati 8 ming nafar aholini evakuasiya qildi. Bunga esa Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba topilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, og‘irligi 500 kilogramm keladigan Amerika portlovchi vositasi Teodorshtrassa ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida topilgan.
Polisiya mazkur hududdan 1 km radiusgacha bo‘lgan masofada yo‘llarni yopib qo‘ydi, odamlar esa evakuasiya qilindi. Dyusseldorf aeroportiga olib boradigan avtomobil yo‘li ham yopib qo‘yildi. Hukumat hudud bo‘shatilganidagina bombani xavfsizlantirish harakatini boshlashi haqida xabar qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar