date

Aleksey Navalniy epibatidin zahari bilan o‘ldirilgani aniqlandi

Aleksey Navalniy epibatidin zahari bilan o‘ldirilgani aniqlandi

Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning oila a’zolari uning vafotidan so‘ng xorijga olib chiqilgan biomateriallarda epibatidin moddasi aniqlanganini ma’lum qildi. Ushbu namunalarni tahlil qilgan bir necha mustaqil laboratoriyalar ekspertlari bir xil xulosaga kelishgan. Bu haqda The Insider nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya laboratoriyalari Navalniyning biomateriallarini tekshirib, bu borada Myunxen xavfsizlik konferensiyasida qo‘shma bayonot berishni rejalashtirmoqda.

Epibatidin — kuchli neyrotoksin bo‘lib, dastlab Janubiy Amerikadagi Epipedobates tricolor turiga mansub daraxt qurbaqasi terisidan ajratib olingan. Keyinchalik u sun’iy yo‘l bilan ham sintez qilingan. Bu modda asab tizimidagi retseptorlarga ta’sir qilib, tanada uvishish, falajlik va nafas olishning to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

“The Insider”ga ko‘ra, Navalniyda kuzatilgan alomatlar aynan epibatidin ta’siriga muvofiq kelgan. Uni davolagan reanimatolog shifokor Aleksandr Polupan ham ochiq manbalardagi belgilar ushbu zahar ta’siriga to‘liq mos ekanini ta’kidlagan.

2025 yil sentyabr oyida Yuliya Navalnaya Navalniy vafotidan so‘ng uning jamoasi biologik material namunalarini olib, xorijiy laboratoriyalarga yuborgan edi. Mustaqil laboratoriyalar bu namunalarda zaharlanish ehtimolini tasdiqlagan.

Yuliya Navalnaya erining zaharlangani bo‘yicha aniq dalillar mavjudligini va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini ochiq bayonot qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Aleksey Navalniy epibatidin zahari bilan o‘ldirilgani aniqlandi