Netanyaxu ofisida shubhali konvert topildi, tahdid yo‘qligi aytildi

Benyamin Netanyaxuning Quddusda joylashgan ishxonasiga shubhali konvert yetkazib berilgani qo‘riqchilar orasida xavotir uyg‘otdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, hodisa haqida ma’lumot kelib tushgach, politsiya hamda o‘t o‘chirish xizmatlari zudlik bilan ofis binosiga yo‘naltirilgan.
Nashrlar bildirishicha, Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislar joyida dastlabki tekshiruv o‘tkazib, kelib tushgan yozishmalarni maxsus tartibda ko‘rib chiqqan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, ofis xodimlari uchun hech qanday xavf mavjud emasligi ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, hodisa Isroil xavfsizlik xizmatlari tomonidan nazoratga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing