21:36 / 10.03.2017
6 881

Tatariston muftisi: IShID ichki ziddiyatlar tufayli yo‘q bo‘lishi kerak

Tatariston muftisi: IShID ichki ziddiyatlar tufayli yo‘q bo‘lishi kerak

Tatariston respublikasi muftisi Komil Samigullinning hikoya qilishicha, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vassallam soxta Islom davlat paydo bo‘lishi va uning o‘zaro ichki ziddiyatlar sababli barbod bo‘lishini bashorat qilgan.

Samigullin BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jenevada bo‘lib o‘tayotgan 34-sessiyasida ma’ruza qilar ekan, u «sahih hadislar» to‘plamiga kiritgan eng qadimgi hadislardan birini so‘zlab berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

Muftining aytishicha, Muhammad alayhissalom bir guruh "o‘zlari yosh, ammo aqli noraso" kishilar paydo bo‘lishi, ular Qur’on o‘qishlari, "biroq, tilovat qilganlari bo‘g‘zidan nariga o‘tmasligi" haqida so‘z yuritgan.

«Ular bizning dinimizdan kamon o‘qi yoydan qanday tez uzoqlashsa, shunday tez chiqishadi, ya’ni ular bizning dinimizga umuman aloqasi bo‘lmaydi», - deya hadis mazmunini izohlagan Tatariston muftisi.

U so‘zini davom ettirar ekan, boshqa bir hadisda, vaqt keladiki, qora bayroqlar ko‘tarib olganlar davlat tuzishga da’vo qilishi ta’kidlanishini aytgan. "Shu paytgacha kim, men Islom davlati demayman, soxta Islom davlati tuzishga da’vo qildi?" – deya murojaat qilgan Komil Samigullin IShIDni nazarda tutar ekan.

"Ular o‘z va’dalarida turmaydi, musulmon odatlariga xilof ravishda ayollar kabi uzun sochlarini tushirib olishadi", - deya hadislar mazmunini so‘zlagan mufti.

"Biroq, ular bir-biriga qarshi chiqadigan vaqt keladi", - deya umid bildirgan Tatariston bosh diniy ulamosi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tatariston muftisi: IShID ichki ziddiyatlar tufayli yo‘q bo‘lishi kerak