AQSH Yaqin Sharqqa 24 soat ichida qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi

So‘nggi 24 soat ichida AQSH Yaqin Sharq hududiga 50 tadan ortiq qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqaga yuborilgan havo kuchlari tarkibida beshinchi avlodga mansub eng zamonaviy F-35 va F-22 qiruvchilari, shuningdek, to‘rtinchi avlodga kiruvchi, ko‘p maqsadli F-16 samolyotlari ham mavjud.
Qayd etilishicha, ushbu harakat AQSHning mintaqadagi harbiy hozirligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Xususan, rasmiylar avvalroq ham Qo‘shma Shtatlar Fors ko‘rfazi mintaqasida o‘z harbiy ishtirokini bosqichma-bosqich oshirib borayotganini ma’lum qilgan edi.
Nashr ta’kidlashicha, havo kuchlarining bunday miqyosda joylashtirilishi mintaqadagi xavfsizlik vaziyati va ehtimoliy harbiy tahdidlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!