
12 mart kuni Rossiyaning Krasnodarida yo‘lovchi avtobusi yonib ketib, so‘ngra portlagan. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda. Avtobusdagi yo‘lovchilarni evakuasiya qilishga ulgurilgan.
"PAZ avtobusi yo‘lda ketayotganda taxminan soat 19:15da salonda yong‘in boshlangan. Haydovchi mashinani o‘z vaqtida to‘xtatib, yo‘lovchilarga uni tark etishda yordam ko‘rsatgan. Bir ozdan keyin avtobusning gaz balloni portlagan", deyildi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar haydovchining mohirligi va o‘z vaqtidagi harakatlari evaziga qutqarib qolinganlar.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in avtobus elektr simidagi qisqa tutashuv sababli chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar