date

"Dzud" tufayli 26 mingdan ziyod chorva halok bo‘ldi

"Dzud" tufayli 26 mingdan ziyod chorva halok bo‘ldi

Mo‘g‘ulistonda “dzud” (bu qattiq qishni anglatuvchi mo‘g‘ulcha atama bo‘lib, unda yer muzlashi yoki qor bilan qoplanishi tufayli ko‘p sonli chorva mollari ochlikdan yoki sovuqdan nobud bo‘lishi) deb ataladigan o‘ta ayozli qish oqibatida 26 ming 300 dan ortiq chorva mollari halok bo‘lgan. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

Mamlakat Milliy statistika boshqarmasining 12 fevral kuni taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonda “dzud” nomi bilan mashhur o‘ta sovuq qish yanvar oyida g‘arbiy viloyatlarda, shuningdek, Markaziy Ovrxangay viloyatida 26 300 dan ortiq chorva mollarini qirib ketgan. Mamlakatning 21 viloyatidan kamida 11 tasi “dzud”dan jabrlangani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, chorvachilik Mo‘g‘uliston iqtisodiyotining asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib, mamlakat ko‘chmanchi aholisining qariyb 40 foizi unga bog‘liq. Biroq, qattiq va uzoq qish sabab Mo‘g‘ulistonning ko‘chmanchi chorvadorlarining ko‘pchiligi har yili chorva mollarini yo‘qotadi. Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil oxiriga kelib, Mo‘g‘ulistonda 58,1 million chorva mollari borligi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » "Dzud" tufayli 26 mingdan ziyod chorva halok bo‘ldi