Rossiya Tergov qo‘mitasi «o‘lim guruhlari»dagi o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarini o‘rganayotib, ushbu internet-jamiyatlarining administratorlari va «faol foydalanuvchilari»ning haqiqiy ism-shariflari va yashash manzillarini aniqladi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Tergov chog‘ida «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z joniga qasd qilish guruhlarini rossiyaliklardan tashqari, Ukraina fuqarolari ham boshqarganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo tergov Ukraina IP-manzillaridan foydalangan ba’zi administratorlarning shaxsini aniqlay olmadi. Ukraina tomoni Rossiya Tergov qo‘mitasi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmoqda.
Ukraina milliy polisiyasi xabarlariga ko‘ra, o‘smirlarning «o‘lim guruhlari» ushbu mamlakatda ham faol harakat olib bormoqda va ularning tarkibida bo‘lgan o‘nlab voyaga etmaganlar halok bo‘lishga ulgurgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi hujjatlarida aytilishicha, administratorlarning ishi «o‘lim guruhlari»ga o‘smirlarni jalb qilishdan ham iborat bo‘lgan, shundan so‘ng ular o‘smirlar orasidan «depressiya holatida bo‘lganlari»ni tanlab olib, ularga raqam bergan, psixologik ta’sir o‘tkazilganidan keyin esa sana belgilab, o‘sha vaqtda o‘zini o‘ldirishni taklif qilgan.
Administratorlar o‘rtasidagi yozishmalarni tahlil qilish orqali, Rossiya Tergov qo‘mitasi ular ushbu guruh a’zolariga nisbatan xavfli oqibatlarga butunlay befarqlik bilan qaragan, degan xulosaga keldi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi izohlardan bosh tortdi. «VKontakte» vakili Evgeniy Krasnikov esa ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilish usullariga yoki ushbu mavzuni oqlashga qaratilgan jamiyatlarni doimiy ravishda bloklab borishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng