date

AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi savdo muloqoti boshlanadi

AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi savdo muloqoti boshlanadi

AQSH prezidenti Donald Tramp savdo munosabatlaridagi taranglik fonida Xitoyga rasmiy tashrif buyurishi kutilmoqda, deb Reuters xabar berdi. Safar 31 martdan 2 aprelgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Trampning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Bu ikki davlat yetakchilarining o‘tgan yil oktyabr oyidan beri ilk yuzma-yuz muloqoti bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, tomonlar savdo kelishuvini uzaytirish masalasini muhokama qiladi. Shuningdek, tariflar, soya hamda noyob resurslar eksporti va giyohvand moddalar ustidan nazorat mavzulari ham kun tartibiga kiritilgan.

Ayni paytda, Si Szinpin AQSHning Tayvanga qurol yetkazib berish rejalaridan xavotirda ekanini bildirgan. Ushbu masala ham muzokaralarda ko‘tarilishi mumkin.

Bundan avval Bloomberg AQSH Tayvanga avval kechiktirilgan bir qator qurol tizimlarini tezlashtirilgan tartibda yetkazib berishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi savdo muloqoti boshlanadi