date

2100 yilgacha Antarktida yarim oroli muzlari keskin kamayadi

2100 yilgacha Antarktida yarim oroli muzlari keskin kamayadi

Xalqaro olimlar guruhi tayyorlagan navbatdagi hisobotga ko‘ra, Antarktida yarim orolidagi muz qoplami 2100 yilga borib taxminan 20 foizga qisqarishi mumkin. Mutaxassislar bunday o‘zgarish global miqyosda dengiz sathining sezilarli darajada ko‘tarilishiga olib kelishi ehtimolini ta’kidlamoqda.

Qayd etilishicha, eng salbiy ssenariyda yarim orol hududidagi muzlar XXI asr oxiriga qadar deyarli beshdan bir qismga kamayishi mumkin. Bu esa pingvinlar, kitlar va boshqa qutb hayvonlari yashash muhitiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan birga, mintaqa tashqarisida ham turli xavfli va halokatli jarayonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotning bosh muallifi, Nyukasl universiteti professori Bevan Deyvisning so‘zlariga ko‘ra, Antarktidada kuzatilayotgan o‘zgarishlar oqibati faqat mahalliy hudud bilan cheklanib qolmaydi.

Uning ta’kidlashicha, muz qoplamining qisqarishi dengiz sathining ko‘tarilishi, okean va atmosfera o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning o‘zgarishi hamda global aylanish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi orqali dunyoning boshqa mintaqalarida ham iqlimga bog‘liq salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 2100 yilgacha Antarktida yarim oroli muzlari keskin kamayadi