
Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mudofaa-sanoat majmuasi tashkilotlarining rivojlanishini huquqiy ta’minlash komissiyasi raisi Vladimir Gutenev Rossiya Xitoyga S-400 "Triumf" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini etkazib berishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Hindiston hozirda S-400’ga qiziqish bildirmoqda. Hozir biz Xitoyga S-400’ning birinchi divizionlarini etkazib berdik", deb aytgan Gutenev.
Gutenevning aytishicha, ayni vaqtda Hindiston va Turkiya S-400’ni olishga "navbatda turibdi".
Xitoy S-400 tizimini xarid qilishga 2015 yil aprelda shartnoma tuzgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar