Tramp va Netanyaxu Eron masalasida telefon orqali suhbatlashishdi

Oq uy AQSH prezidenti Donald Tramp hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tganini rasman tasdiqladi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Uning bildirishicha, prezident bosh vazir Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashgan.
Shu bilan birga, matbuot kotibi mazkur muloqot aynan qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmagan.
Livittning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Eronga berilgan harbiy zarbalarni o‘zining Mar-a-Lago qarorgohida milliy xavfsizlik guruhi a’zolari bilan birgalikda kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, ushbu telefon muloqoti Eron bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan bir paytda bo‘lib o‘tgan. Avvalroq Isroil televideniyesining 12-kanali Tramp va Netanyaxu Eron atrofidagi holat fonida aloqada bo‘lib, muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!