
23 mart kuni Qozon shahri yaqinidagi trassada avtomobil boshqaruvi vaqtida o‘zini ijtimoiy tarmoq orqali videotranslyasiya qilayotgan 22 yoshlik qiz YTHga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda “Tatar-inform” nashriga tayanib “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Fuqaroning qo‘l telefoni avtomobildagi uyali aloqa vositasi joylashtiriladigan maxsus qurilmaga mahkamlangan edi. U Daewoo Matiz avtomobilida ketayotib, ijtimoiy tarmoqqa kirgan. Hayotining so‘nggi soniyalari muhrlangan ushbu videoda 22 yoshli qizning tarmoq foydalanuvchilari bilan salomlashgani, ulardan hol-ahvol so‘ragani, qandaydir qo‘shiqni kuylab ketayotganini ko‘rish mumkin. Kutilmaganda to‘qnashuv ovozi, kimdir qichqirgani eshitilgan, keyin esa aloqa uzilgan.
Taxminlarga ko‘ra, u katta tezlikda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘lakka chiqib, avtobus bilan to‘qnashgan. 22 yoshli qizning tez tibbiy xizmat yordami kelguniga qadar joni uzilgan.
Tatariston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasida 5 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olishgan. Ular orasida 7 yoshli bola ham bo‘lgan.
Tez tibbiy yordam xizmati guruhi ularni Zelenodolskaya tuman markaziy shifoxonasiga olib ketishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar