date

AQSH esminetsiga zarba berildimi?

AQSH esminetsiga zarba berildimi?

Tasnim News Agency xabar berishicha, Islamic Revolutionary Guard Corps (IIQK) AQSH harbiy-dengiz flotiga tegishli esminetsiga Qadr - 380 va Talayeh turidagi raketalar bilan zarba bergan.

Ma’lum qilinishicha, AQSH esminetsi o‘sha paytda Eron sohillaridan taxminan 650 kilometr uzoqlikda, dengizda yoqilg‘i quydirib turgan bo‘lgan.

Eron tomoni esminetsiga raketa zarbasi berilgani va kemada yong‘in chiqqanini da’vo qilmoqda.

Bu da’vo, rasmiy manbalarga ko‘ra, keyinchalik NASA tomonidan taqdim etilgan yong‘inlarni kuzatishga oid issiqlik xaritasi ma’lumotlari bilan ham mos kelgan.

Xabarda yana bir muhim jihatga e’tibor qaratilgan: AQSH esminetsi Hindiston hududiy suvlariga juda yaqin bo‘lgan.

Shu holat Eron manbalari tomonidan shunday talqin qilinmoqda: go‘yoki Hindiston o‘z portlaridan AQSHning Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarida foydalanishga ruxsat beryapti.

Ayni paytda mazkur ma’lumotlar rasmiy xalqaro manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlangani haqida ochiq axborot yo‘q. Hodisa atrofidagi vaziyat hozircha keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH esminetsiga zarba berildimi?