date

Eronning yangi taktikasi AQSH mudofaa tizimini ko'r qildi

Eronning yangi taktikasi AQSH mudofaa tizimini ko'r qildi

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgan bir pallada Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumi AQSHning mintaqadagi harbiy infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi. CNN tahlillariga ko'ra, Iordaniyadagi Muvvafaq as-Salti aviabazasida joylashgan THAAD havo mudofaa tizimining asosiy ko'zi hisoblangan AN/TPY-2 radari butunlay vayron bo'lgan.

Sun'iy yo'ldoshdan olingan tasvirlar qiymati 500 million dollarga teng bo'lgan ushbu qimmatbaho uskunaning yo'q qilinganini tasdiqlaydi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur radar THAAD majmuasining yuragi hisoblanadi. Uning ishdan chiqishi butun batareyani «ko'r» holatga keltirib, ballistik raketalarni aniqlash va ularni tutib qolish imkoniyatini keskin pasaytiradi.

Eronning bu hujumi yangi harbiy strategiyadan dalolat beradi. Endilikda hujumlar bevosita raketalarni emas, balki ularni boshqaruvchi va kuzatuvchi sensor tizimlarini nishonga olmoqda. Bu esa AQSH mudofaa tizimining samaradorligini pasaytirishga qaratilgan xavfli taktikadir. Hozirda AQSH ixtiyorida atigi 8 ta THAAD batareyasi mavjudligi inobatga olinsa, vayron bo'lgan radarni almashtirish boshqa hududlardagi xavfsizlik tizimlarini qayta taqsimlashni talab qiladi.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklaridagi THAAD infratuzilmasiga ham zarbalar berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eronning 800 kilometrdan ortiq masofadan turib aniq zarba bera olgani mintaqadagi harbiy muvozanatga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronning yangi taktikasi AQSH mudofaa tizimini ko'r qildi