date

O'zbekiston va Buyuk Britaniya mahallalarni boshqarish tajribasini o'rtoqlashdi

O'zbekiston va Buyuk Britaniya mahallalarni boshqarish tajribasini o'rtoqlashdi

O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o'rinbosari Javdat Inog'omov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga xizmat safarini amalga oshirdi. Tashrif doirasida Esseks grafligining Brentvud shahri mahalliy boshqaruv kengashi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi. Tomonlar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish tizimini takomillashtirish va tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda O'zbekistondagi mahalla instituti faoliyati, xususan, aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashdagi o'rni haqida batafsil ma'lumot berildi. Britaniyalik mutaxassislar mahallaning xalqqa yaqinligi va ijtimoiy birlikni ta'minlashdagi ahamiyatini yuqori baholadilar. O'z navbatida, o'zbekistonlik vakillar Britaniya tizimidagi institutsional boshqaruv, moliyaviy mustaqillik va vakolatlarning aniq taqsimlanishi kabi jihatlarni o'rgandilar.

Muloqot yakunida tomonlar o'zaro hamkorlikni tizimli davom ettirishga kelishib oldilar. Kelgusida qo'shma seminarlar o'tkazish va amaliy tashriflarni tashkil etish rejalashtirildi. Ushbu hamkorlik mahalliy boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda jamoat manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O'zbekiston va Buyuk Britaniya mahallalarni boshqarish tajribasini o'rtoqlashdi