date

AQSH ilk bor barcha strategik bombardimonchilarini jangga safarbar qildi

AQSH ilk bor barcha strategik bombardimonchilarini jangga safarbar qildi

AQSH tarixda ilk marta o‘zining barcha asosiy strategik uzoq masofali bombardimonchi samolyotlarini bir vaqtning o‘zida jangovar harakatlarga jalb etdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronga qarshi amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotda AQSH Harbiy-havo kuchlarining eng qudratli strategik aviatsiyasi — B-2 Spirit, B-1 Lancer va B-52 Stratofortress bombardimonchilari ishtirok etmoqda. Ushbu uch turdagi samolyotlar AQSHning uzoq masofadan aniq va kuchli zarba berish imkoniyatiga ega asosiy zarba beruvchi havo kuchlaridan hisoblanadi.

Nashrning yozishicha, mazkur samolyotlar odatda turli operatsiyalarda alohida yoki cheklangan tarzda qo‘llanadi. Biroq bu safar ularning barchasi bir vaqtning o‘zida jangovar operatsiyaga jalb etilgani Vashingtonning mintaqadagi harbiy bosimni sezilarli darajada kuchaytirganini ko‘rsatadi.

Harbiy tahlilchilarning fikricha, strategik bombardimonchilarning bunday miqyosdagi safarbarligi AQSH tomonidan yuborilgan jiddiy siyosiy va harbiy signal sifatida baholanmoqda. Bu esa Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH ilk bor barcha strategik bombardimonchilarini jangga safarbar qildi