date

Mers Germaniyaning qaysi tomonda ekanini ochiq aytdi

Mers Germaniyaning qaysi tomonda ekanini ochiq aytdi

Fridrix Mers Germaniya hukumati Isroilga nisbatan o‘z pozitsiyasini ochiq va qat’iy tarzda bildirdi. Kansler ta’kidlashicha, Germaniya hech qanday ikkilanishsiz Isroil tomonida turishini ma’lum qilgan.

“Xonimlar va janoblar, men boshqarayotgan Federal hukumat bizning qaysi tarafda turganimiz haqida hech qanday shubha qoldirmaydi: Biz Isroil tomonidamiz”, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers o‘z nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati xavfsizlik va xalqaro barqarorlik masalalarida Isroil bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi. Kanslerning bu bayonoti Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda aytilgani bilan ham katta e’tiborga tushdi.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, Berlinning bunday qat’iy bayonoti Germaniyaning tashqi siyosatida Isroil xavfsizligi muhim o‘rin tutishini yana bir bor namoyon qilmoqda. Bu bayonot xalqaro siyosiy maydonda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mers Germaniyaning qaysi tomonda ekanini ochiq aytdi