AQSH energetika vaziri Ormuz bo'g'ozi haqida fikr bildirdi

AQSH energetika vaziri Kris Rayt yaqin haftalar ichida Ormuz bo'g'ozi orqali kema qatnovi yana iziga tushishini ma'lum qildi. U CNN telekanaliga bergan intervyusida vaziyat ijobiy tomonga o'zgarayotganini ta'kidladi.
Vazirning so'zlariga ko'ra, yaqinda bo'g'oz orqali yirik neft tankeri muvaffaqiyatli o'tgan. Bu holat xalqaro yuk tashish yo'nalishlari asta-sekin qayta tiklanayotganidan dalolat beradi. Biroq, Rayt hali to'liq xavfsizlik va normal sharoitlar ta'minlanmaganini, buning uchun biroz vaqt kerakligini qo'shimcha qildi.
Ormuz bo'g'ozi jahon neft bozoridagi eng muhim strategik nuqtalardan biri hisoblanadi. Uning yopilishi yoki qatnov cheklanishi global energiya narxlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi bosqichda mutaxassislar vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va logistika zanjirlarining barqarorlashuvini kutishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!