Donald Tramp Oq uyda Gresiya milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda chiqish qilar ekan “Men greklarni yaxshi ko‘raman” deya aytib o‘tdi. Bu haqda Gresiya OAViga tayanib Kun.uz xabar berdi, ular Tramp chiqishi tasvirlangan videoyozuvni taqdim etishgan.
"Men greklarni yaxshi ko‘raman, juda ham yaxshi ko‘raman. Men Nyu-Yorkdan ekanligim esingizdan chiqmasin. U erda juda ko‘plab greklarni uchratish mumkin. Ular deyarli hamma joyda!" – dedi Tramp.
Tramp asli kelib chiqishi gresiyalik bo‘lgan Oq uy apparati rahbari Rayns Pribusni alohida ta’kidlab o‘tgan hamda u mamlakatdagi “eng ajoyib greklardan biri” ekanini ma’lum qilgan. Prezident asli kelib chiqishi gresiyalik bo‘lgan boshqa xodimlarni ham maqtab o‘tdi.
"Gresiya Mustaqillik kunida gresiyalik fuqarolar erkinliklari qaror topganini bayram qilishmoqda", - dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, Oq uyda Gresiya mustaqillik kuni 30 yildan beri nishonlanib kelinadi, bu an’anaga Ronald Reygan asos solgan. Oq uydagi bayram tadbirida grek musiqasi va milliy raqslari ijro etildi.
Tadbir 24 mart kuni kechqurun o‘tkazildi. AQShda Gresiyadan Mustaqillik kunida vakil sifatida milliy mudofaa vaziri Panos Kammenos qatnashdi, u Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokaralar ham o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin