
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Rosgvardiya" harbiy qismiga uyushtirilgan terroristik harakat ishtirokchilarining shaxsi aniqlangani haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ikki nafari Rostov viloyatida, bir nafari Volgograd viloyatida, yana uch nafari esa Chechenistonda tug‘ilgan.
"Agar terrorchilar qurollarni qo‘lga kiritib tirik qochishga erishganlarida o‘zlari mo‘ljallagan teraktni sodir etishlariga hech qanday shubha yo‘q edi" - deb yozadi Qodirov o‘zining Instagramdagi ijtimoiy sahifasida.
Shuningdek, Qodirov RF milliy harbiy gvardiyasi bosh qo‘mondoni armiya generali Viktor Zolotovga, halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. "Rossiya qahramoni Axmat Qodirov nomidagi hududlararo umumiy fondi halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga yordam ko‘rsatishga qaror qildi" - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Milliy Antiterroristik qo‘mitaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Moskva vaqti soat 2:30 lar chamasi olti nafar jangarilar guruhi Chechenistondagi Rosgvardiya harbiy qismiga hujum uyushtirishgan. Bo‘lib o‘tgan jang oqibatida barcha jangarilar o‘ldirilgan, 6 nafar Rosgvardiya jangchisi halok bo‘lgan va yana 3 nafari jarohat olgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Chechenistondagi ushbu terroristik hujumni "eng og‘ir voqea" deb atadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar