date

48 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi

48 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi

Qozog‘istonning Temirtau shahrida istiqomat qiluvchi 48 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Nur.kz” nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 mart kuni Larisa Kuznetsova viloyat klinik shifoxonasining 1-sonli perinatal markazida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Chaqaloq 3650 gramm vazn va 54 santimetr bo‘y bilan tug‘ilgan. Tug‘ruq tabiiy usulda kechgan bo‘lib, ayni paytda ona va bolaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Yangi tug‘ilgan Emin oiladagi 13-farzand bo‘ldi. U Larisaning to‘qqizinchi o‘g‘li hisoblanadi. Ayolning eng katta qizi esa hozir 25 yoshda.

Larisaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zi ham katta oilada voyaga yetgan. Turmush o‘rtog‘i esa yolg‘iz farzand bo‘lib ulg‘ayganiga qaramay, vaqt o‘tishi bilan katta oila muhitiga moslashib ketgan. Shuningdek, u farzandining sog‘-salomat tug‘ilishida yordam ko‘rsatgan shifokorlarga alohida minnatdorlik bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 48 yoshli ayol 13-farzandini dunyoga keltirdi