The Telegraph: Tramp endi urushni tugatishga qodir emas

Britaniyaning nufuzli nashrlaridan biri — The Telegraph AQSH prezidenti Trampning urushni to‘xtatish borasidagi pozitsiyasiga shubha bilan qaramoqda.
Nashr tahlilchilarining fikricha, Eron atrofida yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuvlar shunchalik kengayib ketganki, bu jarayonni endi bir davlat rahbari yoki siyosiy qaror bilan tezda yakunlash mushkul bo‘lib qolgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat tobora murakkablashib bormoqda va urushning qachon hamda qanday yakun topishini aniq bashorat qilish qiyin.
Maqolada ta’kidlanishicha, AQSH rahbariyati urushni nazorat qilish yoki uni tez orada tugatish imkoniyatiga ega ekani haqida ayrim bayonotlar bergan bo‘lsa-da, amalda vaziyat ancha chuqur va keng qamrovli tus olgan.
Shuningdek, nashr fikricha, mojaro bir nechta davlatlar manfaatlari kesishgan nuqtaga aylanib bormoqda. Bu esa urushni siyosiy kelishuvlar orqali tezda to‘xtatishni yanada qiyinlashtirishi mumkin.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda harbiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu bois urushning yakuni qachon va qanday bo‘lishi hali ham noaniqligicha qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!