date

Michiganda ibodatxona yaqinida hujum: mashina bilan bostirib, o‘t ochildi

Michiganda ibodatxona yaqinida hujum: mashina bilan bostirib, o‘t ochildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan shtatida joylashgan yahudiy ta’lim muassasasi yaqinida jiddiy hodisa yuz berdi. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, noma’lum shaxs mashinasini ibodatxona tomon haydab borib urgan va shundan keyin o‘q uzishni boshlagan.

Hodisa G‘arbiy Blumfild hududidagi Temple Israel ibodatxonasi atrofida sodir bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari voqea joyida ish olib bormoqda. Guvohlarning aytishicha, hududdan qora tutun ko‘tarilayotgani ko‘ringan. Taxminlarga ko‘ra, o‘q uzish voqeasidan keyin mashinada yong‘in chiqqan bo‘lishi mumkin.

Hozircha hodisaning aniq sabablari va jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Michiganda ibodatxona yaqinida hujum: mashina bilan bostirib, o‘t ochildi