date

Tramp: Xomanaiy uchun yig‘ilganlar videosi sun’iy intellekt

Tramp: Xomanaiy uchun yig‘ilganlar videosi sun’iy intellekt

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni qo‘llab-quvvatlash uchun maydonga to‘plangan minglab odamlar haqida tarqalgan videolarga shubha bilan munosabat bildirdi.

Trampning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot vositalarida tarqalgan videolarda taxminan 250 ming nafar kishi Tehron maydonida yig‘ilib, Xomanaiyni qo‘llab-quvvatlayotgani ko‘rsatilgan. Biroq u bu lavhalar haqiqiy emasligini, balki sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tayyorlanganini iddao qildi.

“Ular maydonda 250 mingga yaqin odam to‘planganini va Xomanaiyni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini ko‘rsatishdi. Ammo bu to‘liq sun’iy intellekt orqali yaratilgan tasvirlar. Bunday voqea aslida hech qachon sodir bo‘lmagan”, — dedi Tramp.

Uning fikricha, ayrim ommaviy axborot vositalari ham bu voqea haqiqiy emasligini bilgan, ammo baribir bu videolarni tarqatish orqali go‘yoki xalq Eron rahbariyatini keng qo‘llab-quvvatlayotgandek tasavvur hosil qilishga uringan.

Tramp bunday axborotlar jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan axborot urushi elementlaridan biri bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bilan birga haqiqiy va soxta ma’lumotlarni farqlash yanada qiyinlashib bormoqda.

Ayni paytda Eron rasmiylari mazkur da’volarga hozircha munosabat bildirmagan. Tahlilchilar esa bu kabi bayonotlar Eron atrofidagi axborot maydonidagi keskinlik yanada kuchayganini ko‘rsatishini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Xomanaiy uchun yig‘ilganlar videosi sun’iy intellekt