
Xitoy tarixidagi eng yirik (382 tonnalik zaxiraga ega) oltin koni mamlakat sharqidagi Shandun viloyatida topildi. Bu haqda China News agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, kon zaxirasi 22 milliard dollarga baholanmoqda.
Qimmatbaho metall zaxirasi ikki kilometrlik masofaga qadar cho‘zilgan bo‘lib, qatlam qalinligi 67 metrga teng. Jinsdagi oltin bir tonnaga 4,52 grammni tashkil etadi.
Agentlikning ta’kidlashicha, kon har kuni 10 ming tonnani qazib olgan holda faoliyat ko‘rsatsa, to‘la quvvat va muammolarsiz 40 yil davomida ishlashi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar