date

AQSHning Eronga qarshi operatsiyalari xarajatlari rekord darajaga yetdi

AQSHning Eronga qarshi operatsiyalari xarajatlari rekord darajaga yetdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyasi xarajatlari bir oy ichida 27 milliard dollardan oshdi va kundan kunga oshib bormoqda. Bu ma’lumotlar Iran War Cost Tracker platformasi orqali yuritilmoqda, u Pentagon ma’lumotlariga tayanib, urush xarajatlarini real vaqtda hisoblaydi.

Pentagon hisobotlariga ko‘ra, urushning ilk 6 kuni 11,3 milliard dollar sarf qilingan bo‘lsa, keyingi har bir kun ham taxminan 1 milliard dollar qo‘shimcha xarajat talab qilmoqda. Bu esa harbiy amaliyotning moliyaviy yukini yanada oshirmoqda.

Newsweek nashri ma’lumotiga ko‘ra, AQSHning Eronga qarshi operatsiyasi boshlanishidanoq 2003 yildagi Iroq urushi boshlanishida sarflangan mablag‘dan ko‘proq bo‘lgan. Shu bilan birga, Pentagon ushbu kampaniyani to‘liq davom ettirish uchun 200 milliard dollar talab qilmoqda, bu esa 2003 yilda Jorj Bush ma’muriyati so‘ragan mablag‘dan 67 milliard dollarga ko‘p.

The Economist ma’lumotiga ko‘ra, AQSH ushbu harbiy harakatlarda sarflangan o‘q-dorilarni qayta to‘ldirish uchun kamida bir yil vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, hozircha Oq uy bu xarajatlar uchun Kongress bilan byudjet kelishuvini yakunlamagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi 28 fevraldan buyon davom etmoqda va bu global xavfsizlik va mintaqaviy moliyaviy yukning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Muttaxassislar fikricha, bu kabi sarmoya talab qiluvchi operatsiyalar harbiy samaradorlikdan tashqari siyosiy va iqtisodiy tahdidlarni ham kuchaytiradi, shu bois xalqaro hamjamiyat bu jarayonni jiddiy kuzatishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Eronga qarshi operatsiyalari xarajatlari rekord darajaga yetdi