
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka otasi jamoasi rasmiy xodim bo‘lishi, biroq ish haqi olmasligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
Ivanka Trampning bayonotida aytilishicha, u aslida otasining maslahatchisi bo‘lgani, biroq rasmiy lavozimlarni egallamagani haqida “ba’zi kishilarning tashvishidan xabar topgan”. O‘z navbatida, Oq uy Ivanka Tramp qarorini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar berdi.
Avvalroq Ivanka Tramp Oq uy ma’muriy binosida alohida kabinetga hamda maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, dastlab Ivanka Tramp otasi ma’muriyatida hech qanday rasmiy lavozimlarni egallamasligi haqida bong urgandi. Uning eri Jared esa prezidentning qator o‘ta muhim masalalar, jumladan tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ulgurdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar