Turkiyada politsiya xodimi tomog‘iga yong‘oq tiqilgan ayolni qutqarib qoldi (video)

Turkiyaning Konya shahrida tomog‘iga funduk bo‘lagi tiqilib, nafas ololmay qolgan ayol politsiya xodimining tezkor yordami bilan qutqarildi. Hodisa kuzatuv kameralariga muhrlangan. Bu haqda Haberturk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol Gedavet bog‘ida bo‘lgan vaqtida yeb turgan yong‘oqning bir bo‘lagi nafas yo‘liga tiqilib qolgan. Nafas olishga qiynalgan ayol yaqin atrofdagi politsiya xodimlari turgan joyga yugurib borib, yordam so‘ragan.
Vaziyatni payqagan politsiya xodimi Mehmet Paksoy ayolga Heymlix usulini qo‘llagan. Natijada uning nafas yo‘liga tiqilib qolgan yong‘oq bo‘lagi chiqarilib, ayol yana bemalol nafas ola boshlagan.
Qutqaruv jarayoni politsiya punktidagi kuzatuv kameralariga tushgan. Politsiya xodimi voqea haqida gapirar ekan, ular xizmat davomida bunday favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishini aytgan.
Ayol biroz dam olgach, politsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…