date

Yaman Eronni qo‘llab urushga qo‘shildi: raketa zarbalari berildi

Yaman Eronni qo‘llab urushga qo‘shildi: raketa zarbalari berildi

Yaman rasman Eron tomonida urushga qo‘shilganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, mamlakat kuchlari “sionist dushman” deb ta’riflangan tomonga qarshi bir nechta ballistik raketalar orqali zarba bergan.

Bayonotga ko‘ra, ushbu harbiy operatsiya Erondagi ittifoqchi kuchlar hamda Livandagi Hizbulloh harakatining faoliyati bilan bir vaqtda amalga oshirilgan. Shuningdek, operatsiya belgilangan rejalar asosida o‘tkazilib, kutilgan natijalarga erishilgani ta’kidlangan.

Yaman tomoni bu bilan cheklanib qolmasligini ham ma’lum qildi. Ularning bildirishicha, amalga oshirilayotgan hujumlar belgilangan maqsadlar to‘liq amalga oshmaguncha hamda barcha qarshilik frontlaridagi amaliyotlar yakunlanmaguncha davom etadi.

Kuzatuvchilar fikricha, mazkur bayonot mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirishi va mojaro ko‘lamini kengaytirishi mumkin. Bu esa Yaqin Sharqdagi barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaman Eronni qo‘llab urushga qo‘shildi: raketa zarbalari berildi