Italiyada siyosatchi ahmoqona qaror uchun daryoga tashlanadi (video)

Italiyaning Trento shahrida har yili o‘ziga xos va qiziqarli an’ana o‘tkaziladi.
“La Tonca” deb nomlangan ushbu marosimda yil davomida eng noo‘rin yoki eng bo‘lmag‘ur qaror qabul qilgan mahalliy siyosatchilardan biri ramziy jazo sifatida tanlanadi. U maxsus temir qafasga joylashtirilib, Adige daryosining muzdek suviga tushiriladi.
Mazkur tadbir har yili “Feste Vigiliane” deb nomlangan bir haftalik festival doirasida o‘tkaziladi. Festival davomida shaharda turli madaniy va ko‘ngilochar dasturlar ham tashkil etiladi.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu an’ana orqali jamoatchilik mahalliy rahbarlarning qarorlariga nisbatan o‘z munosabatini yumoristik va ramziy tarzda ifoda etadi. Shu bilan birga, bu tadbir shaharning tarixiy va madaniy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.