13:18 / 02.04.2017
7 593

Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi

Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi
Dubay shahrida, osmono‘par Burj-Xalifa minorasi yaqinida qurilayotgan baland inshootlardan biriga o‘t ketdi. Bu haqda Gulf News'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 5:30da boshlangan (Toshkent vaqti bilan soat 6:30). Aniqlik kiritilishicha, 60 qavatli Address Residence Fountain Views majmuasida yong‘in chiqqan. Ushbu bino Dubai Mall va Address Hotel mehmonxonalari o‘rtasida joylashgan. Bu 2016 yilning yanvaridan buyon ro‘y bergan eng yirik yong‘in bo‘ldi.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmatlari etib kelgan, hukumat atrofdagi yo‘llarni yopgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi