
Avstraliya shaqrida «Debbi» tropik sikloni tufayli kelib chiqqan suv toshqini oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Yangi Janubiy Uels va Kvinslend rasmiylari 1 aprel, shanba kuni ushbu shtatlar hududidagi suv toshqini oqibatida uch kishi jabrlanganligi, 2 aprel, yakshanba kuni esa yana ikki kishi halok bo‘lganligini ma’lum qildi. Kvinslend shtati uch nafar fuqarosining taqdiri noma’lumligicha qolayotganligiga aniqlik kiritdi.
Qutqaruvchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Yangi Janubiy Uelsning 20 mingga yaqin aholisi o‘tgan kunlar davomida tark etgan uylariga hamon qayta olmadi. Mazkur shtatning o‘n mingdan ortiq, Kvinslendda 60 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qolgan.
Hozirgi paytda Kvinslend sharqidagi Rokgempton shahrida eng tahdidli vaziyat yuzaga kelmoqda. 70 mingdan ortiq aholiga ega bo‘lgan mazkur shahardan oqib o‘tuvchi Fitsroy daryosining suv sathi 1954 yilda qayd etilgan ko‘rsatkichdan ham oshishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar