AQSH fuqarolariga Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSH fuqarolariga Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Qisqacha

AQSHning Bayrutdagi elchixonasi Livandagi xavfsizlik vaziyati beqaror ekanligi sababli o‘z fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Diplomatik vakolatxona fuqarolarga hozircha mavjud bo‘lgan tijorat reyslaridan foydalanishni va favqulodda holatlarga shay turishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, harbiy to‘qnashuvlar kuzatilgan hududlarda portlamay qolgan o‘q-dorilar xavfi borligidan ogohlantirilib, ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

AQShning Bayrut shahridagi diplomatik vakolatxonasi Livandagi hozirgi xavfsizlik holati boʻyicha yangi ogohlantirish eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatdagi xavfsizlik muhiti beqaror boʻlib, vaziyat tez surʼatda oʻzgarib ketishi mumkin.

Elchixona AQSH fuqarolarini imkoniyat boʻlganicha mavjud tijorat reyslaridan foydalanib, Livan hududini tark etishga chaqirdi.

Shuningdek, mamlakatda qolishni afzal koʻrganlardan favqulodda holatlar uchun oldindan tayyorgarlik koʻrish va rasmiy yangiliklarni doimiy kuzatib borish soʻralgan.

Vakolatxona maʼlumotiga koʻra, harbiy harakatlar boʻlib oʻtgan hududlarda portlamay qolgan oʻq-dorilar xavfi hali ham saqlanib qolmoqda. Shu sababli vayron boʻlgan binolarga yaqinlashmaslik va shubhali buyumlarga tegmaslik tavsiya etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar