22:42 / 05.04.2017
6 032

Peterburg metrosidagi portlashning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi

Peterburg metrosidagi portlashning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi
Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlarni barchasining ismi-familiyalarini e’lon qildi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

«Hozirgi vaqtga kelib barcha qurbonlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. So‘nggi qurbon Nevnerjiskaya Mariya taxminan aniqlandi, bugun esa Krasikova Yuliya Dmitrievna va Mazanov Dmitriy Aleksandrovichning shaxsi aniqlandi», — deyiladi qo‘mita axborotida.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati:
  • Alieva Dinara Samandarovna, 08.10.1996;
  • Arishev Maksim Vitalevich, 18.08.1996;
  • Malyukova Kseniya Sergeevna, 11.09.1998;
  • Medyanseva Irina Kuzminichna, 06.05.1966;
  • Svistunova Angelina Sergeevna, 17.02.1990;
  • Nalimov Yuriy Pavlovich, 07.06.1945;
  • Danilenko Oksana Gennadevna, 03.10.1991;
  • Shchekina Larisa Grigorevna, 02.06.1950;
  • Petrov Denis Romanovich, 27.12.1991;
  • Sagadeev Mansur Taxirovich, 27.08.2000 yoki 27.03.2000;
  • Krasikova Yuliya Dmitrievna 12.09.1991;
  • Mazanov Dmitriy Aleksandrovich 19.02.1990;
  • Nevnerjiskaya Mariya Aleksandrovna (tug‘ilgan sanasi noma’lum).

«Interfaks» ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning oila a’zolari o‘lim haqidagi ma’lumotnomalar tarqatilishi boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘ida portlash yuz bergan edi. Vagonda quvvati trotil ekvivalentida 300—500 grammga teng portlovchi uskuna ishga tushgan. Portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam tan jarohati olgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchining shaxsi aniqlanganini ma’lum qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlash asli qirg‘izistonlik Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov tomonidan amalga oshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburg metrosidagi portlashning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi