
Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni uyushtirishda terrorchi sifatida gumonlanayotgan Akbarjon Jalilov shaxsiga uning ota-onasi aniqlik kiritdia. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Ular o‘g‘lining shaxsini tasdiqladi. Tergov ishlariga aniqlik kiritish maqsadida Jalilovning atrofidagilar va ular bilan aloqalari diqqat bilan o‘rganib chiqilmoqda», — deya Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Rosgvardiya terrorchi-xudkush tomonidan «Ploshchad Vosstaniya» metro stansiyasida qoldirib ketilgan bomba trotil ekvivalentida 1 kilogramm quvvatga ega bo‘lganligini xabar qildi. Portlovchi qurilmaning quvvati uni zararsizlantirgan mutaxassislar tomonidan aniqlandi.
Avvalroq, barcha qurbon bo‘lganlarning shaxsi aniqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam jarohat olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar