21:50 / 07.04.2017
5 908

Vladimir Jirinovskiyga Turkmanistonning «Faxriy oqsoqol» unvoni berildi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 aprel, juma kuni LDPR raisi Vladimir Jirinovskiyga o‘ziga xos ko‘krak nishoni hamda «Xalqning faxriy oqsoqoli» unvoni berilganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agenligiga tayanib, «Interfaks»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar qildi.

Jirinovskiyga turkmanlarning milliy to‘ni, telpagi hamda belbog‘ini sovg‘a qilishdi. Marosim Turkmanistonga kelgan Rossiya delegasiyasi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Jirinovskiy Turkmanistonda ko‘rganlaridan «ruhlangani va zavq olganini» aytdi.

Shuningdek, LDPR raisi «avloddan avlodga o‘tib keladigan va milliy mentalitet asosiga aylangan ajoyib dono an’analarini merosxo‘ri hamda davomchisi» sifatida turkman xalqiga nisbatan doimo moyillik tuyganligi haqida so‘zladi.

Jirinovskiy Turkmanistonga respublika parlamenti raisi Akji Nurberdiev taklifiga binoan borgan. LDPR raisi 7 aprel, juma kuni ochilgan «Osiyo o‘yinlari—2017: tinchlik va taraqqiyot uchun xalqaro sport hamkorligi» xalqaro sport kongressida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Jirinovskiyga Turkmanistonning «Faxriy oqsoqol» unvoni berildi