
Rossiya poytaxti Moskva shahri metropolitenida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi ilk natijalarni keltirdi – uch bekatda qo‘llarida portlovchi modda izlari bo‘lgan besh nafar yo‘lovchi ushlandi. Bu haqda Lifega asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar tekshiruvlar paytida ushlangan hamda barchasi qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik ekanligi aytilmoqda.
- Maxsus qurilmalar ularning qo‘llari va kiyimlarida nitrogliserin va tetril zarrachalari izlarini topgan, - deya ma’lum qilishgan Rossiya IIVdan. – Bu moddalar qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yaratishda foydalaniladi.
Xabar qilinishicha, erkaklar "Taganskaya", "Kaxovskaya" va "Kolomenskaya" metro bekatlarida ushlangan.
Ayni damda ularning qo‘llarida portlovchi modda izlari qayerdan paydo bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar