date

Germaniyada avtomobil piyodalar ustiga yurib ketdi

Germaniyada avtomobil piyodalar ustiga yurib ketdi

Germaniyaning Leypsig shahri markazida joylashgan Grimmaysheshtrasse koʻchasida fojiali yoʻl hodisasi sodir boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, avtomobil piyodalar ustiga yurib ketgan.

Dastlabki xabarlarga koʻra, ikki nafar kishi halok boʻlgan va bir nechta fuqaro turli darajada jarohat olgan. Bu haqda BR radiosi shahar meri Burkxard Yungga tayanib maʼlum qilgan.

Guvohlarning aytishicha, Volkswagen SUV rusumli mashina yuqori tezlikda piyodalar yoʻlakchasiga kirib borgan.

Hodisa joyida bir necha jasadlar yopib qoʻyilgani va jarohatlanganlar borligi qayd etilgan. Saksoniya politsiyasi haydovchi qoʻlga olinganini rasman eʼlon qildi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Fuqarolarga hushyor boʻlish va zarur holatlarda rasmiy koʻrsatmalarga amal qilish tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada avtomobil piyodalar ustiga yurib ketdi