08:30 / 09.04.2017
6 130

Moskva g‘arbida poezd va elektrichka to‘qnashib ketdi


8 aprelda Moskva g‘arbida uzoq masofaga qatnovchi poezd shahar atrofida yuruvchi elektrichkaga urildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Voqea soat 22:40da Moskva temir yo‘lining Belarus yo‘nalishidagi Fili — Kunsevo-2 stansiyalari oralig‘ida yuz bergan. Moskva — Usovo yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan elekrichka Moskva — Brest poezdi bilan temir yo‘lni yugurib o‘tayotgan odam sababli yuz bergan. Elektrichka mashinisti odamni urib yubormaslik uchun favqulodda tormozlashni qo‘llagan, bu vaqtda unga poezd kelib urilgan. Oqibatda elekrichkaning ikkita vagoni va poezd lokomotivining seksiyasi relslardan chiqib ketgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariya vaqtida poezdda 455 yo‘lovchi bo‘lgan, elektrichkada esa faqat mashinist, uning yordamchisi va ikki kontrolyor bo‘lgan.

To‘qnashuv sababli 50 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. 16 kishi shifoxonaga etkazilgan, ular orsida 2 o‘smir ham bor. 6 kishining ahvoli og‘ir deya baholangan. Jarohat olganlar ro‘yxati Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida chop etilgan.

To‘qnashuv yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlangan, uning natijalariga ko‘ra prosessual qaror qabul qilinadi.

YouTube’da to‘qnashuv joyidan olingan video paydo bo‘ldi.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva g‘arbida poezd va elektrichka to‘qnashib ketdi