AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi Shayrat aviabazasiga berilgan raketa zarbasidan 2 kun o‘tib AQSh kongressi a’zolariga o‘z qarorini nimalardan kelib chiqib qabul qilgani haqidagi maktubni jo‘natdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Maktubda Tramp zarbadan keyin bergan bayonoti deyarli so‘zma-so‘z takrorlangan. Jumladan, Oq uy rahbari yana Suriyani Idlib viloyatiga uyushtirilgan kimyoviy hujumda asossiz ravishda ayblagan.
Trampning aytishicha, u zarba berish haqidagi qarorni "Suriyaning kimyoviy qurol qo‘llagan holda kelgusi hujumlarni o‘tkazish imkoniyatini pasaytirish va uni taqiqlangan qimyoviy qurol qo‘llagan holda yangi hujumlarni sodir etishdan qaytarish hamda shuning evaziga mintaqada barqarorlikni ta’minlash va gumanitar falokatning yanada yomonlashishi oldini olish" maqsadida qabul qilgan.
Trampning ta’kidlashicha, u bu vaziyatda "AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatining hayotiy muhim manfaatlaridan kelib chiqib" harakat qilgan. Tramp, shuningdek, Vashington "milliy manfaatlarini kelgusida ham ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishini" aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni