
Misrning koptlar cherkovida portlash sodir etilgan Tanta shahrida yana bir terakt uyushtirildi. Bu haqda «Izvestiya»ga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Shahardagi polisiyachilar tayyorlash markazida portlash sodir etilgan. OAVga ko‘ra, hujum oqibatida polisiyachi halok bo‘ldi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari portlashda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. U hozir polisiya boshqarmasida so‘roq qilinayotgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Aleksandriya shahridagi cherkov yaqinida ikkinchi portlash sodir etilgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar