Misrda uch oylik favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi e’lon qilindi

Misrda uch oylik favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi e’lon qilindi
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakatda uch oylik favqulodda vaziyat tartibini kiritdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Yaqin uch oyga favqulodda vaziyat tartibi e’lon qilinadi", deb aytdi as-Sisiy 9 aprelda mamlakatda sodir etilgan teraktlardan keyin xalqqa murojaatida.

Bundan tashqari, Misr rahbari Mudofaa milliy kengashi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra terrorchilik bilan kurashuvchi Milliy kengash shakllantirilishini e’lon qildi.

9 aprelda Misrning Tanta va Iskandariya shaharlaridagi cherkovlarda portlashlar sodir etildi. Tantadagi bosh cherkovda sodir etilgan teraktda 31 kishi, Iskandariyadagi Avliyo Mark cherkovidagi portlashda esa 13 kishi halok bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar