
AQShning Janubiy Karolina shtatidan senator Lindsi Grem Suriyaga terrorchilik bilan kurashish uchun yana 6 ming harbiy yuborishni taklif qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Grem bu kuchlar Suriyaga Bashar Asad tuzumiga qarshi kurashish uchun emas, balki IShID bilan kurashish uchun talab qilinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Senatorning aytishicha, Asadni ag‘darish bilan amerikalik harbiylar va instruktorlar tomondan yordam berilayotgan o‘rtamiyona muxolifat deb ataluvchi guruhlar shug‘ullanishi kerak.
Ayni vaqtda Suriyada 500, qo‘shni Iroqda esa 5 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar