12:55 / 10.04.2017
5 545

AQSh polisiyasi Trampga tahdid qilayotgan erkakni qidirmoqda

AQSh polisiyasi Trampga tahdid qilayotgan erkakni qidirmoqda
AQShning Viskonsin shtatida 150 nafar polisiyachi o‘qotar qurol sotiladigan do‘konni tunashda va AQSh prezidenti Donald Trampga tahdid qilishda gumon qilinayotgan 32 yoshli Jozef Yakubovskini qidirmoqda. Bu haqda ABC News telekanaliga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

"Tergovga mahalliy va federal darajadagi 150 nafar polisiyachi jalb qilindi", deb aytdi polisiya vakili Roka Troy Knudson.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yakubovski qurol do‘konidan bir nechta miltiq o‘g‘irlagan, so‘ngra o‘z mashinasiga o‘t qo‘yib, yashiringan. Erkak Oq uyga 161 sahifalik dasturiy memorandum jo‘natgan. Bu memorandumda uning hukumatdan noroziligi ham bildirilgan.

Federal qidiruvlar byurosining mahalliy bo‘limi jinoyatchining joylashgan o‘rni haqidagi istalgan aniq ma’lumotga 10 ming dollar berishga va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh polisiyasi Trampga tahdid qilayotgan erkakni qidirmoqda