19:51 / 10.04.2017
6 310

Shvesiya polisiyasi terakt ijrochisini ushlaganini ta’kidlamoqda

Shvesiya polisiyasi terakt ijrochisini ushlaganini ta’kidlamoqda
Shvesiya polisiyasi o‘zbekistonlik 39 yoshli Rahim Oqilov Stokholmdagi terakt ijrochisi ekanligiga ishonchi komil ekanligini aytmoqda. Bu haqida Davlat polisiyasi rahbari Dan Eliasson matbuot anjumanida bildirib o‘tgan, deb xabar beradi TASSga asoslanib "Kun.uz" nashri.

Ilgariroq qo‘lga olingan shaxsning o‘zi ham Kungsxolmen tumanidagi Kronoberg tergov izolyatorida o‘tkazilgan tergov davomida jinoyatiga iqror bo‘lgan. U IShID terrorchilik tashkiloti buyrug‘iga ko‘ra harakat qilganini aytib o‘tgan.

Polisiya shuningdek, teraktning ehtimolli ijrochisi va bu ish bo‘yicha qo‘lga olingan ikkinchi odam o‘rtasida bog‘liqlik borligini ham aniqlagan. "Biz 39 yoshli qo‘lga olingan inson o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlaydik. Hozircha bundan ortig‘ini oshkor eta olmaymiz", — degan Eliasson.

Xavfsizlik polisiyasi Stokholmda yuz bergan terakt uchun o‘ch olishlaridan xavfsirab, hanuzgacha o‘ng ekstremistlarni kuzatishda davom etmoqda. "Bu insonlarning aksariyati norozi, bunday doiralarda ko‘p ishlar bo‘ladi", — degan polisiya rahbari Anders Tornberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, 600 ga yaqin tergov o‘tkazilgan. Hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p, surishtiruv ishlari bir yilga cho‘zilishi mumkin, degan polisiyadagilar

Yakshanba kuni o‘tgan matbuot anjumanida tartib posbonlari teraktga aloqadorlikda gumonlanib, besh kishi qo‘lga olinganini aytishgan edi.

7 aprel kuni olib qochilgan yuk mashinasi Stokholm markazidagi faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan Drottninggatan ko‘chasida 550 metr yurib, insonlar ustiga haydalgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jarohatlangan, to‘rt inson hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvesiya polisiyasi terakt ijrochisini ushlaganini ta’kidlamoqda