date

Tramp: "Starmer siyosati Britaniyani inqirozga yetaklayapti"

Tramp: "Starmer siyosati Britaniyani inqirozga yetaklayapti"

AQSH prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer olib borayotgan siyosatni keskin tanqid qildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp Xitoyga parvoz qilishidan oldin Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Britaniya hukumati qabul qilayotgan qarorlar mamlakatni “boshi berk ko‘cha”ga olib kirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Uning fikricha, Buyuk Britaniya Shimoliy dengizda joylashgan yirik neft zaxiralariga ega bo‘lishiga qaramasdan, ulardan to‘liq foydalanmayapti. Tramp hukumatni energiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, neft qazib olishni kengaytirish lozimligini aytdi.

“Britaniya dunyodagi eng katta neft resurslaridan biriga ega. Ammo ular bu imkoniyatdan foydalanish o‘rniga shamol energetikasiga ortiqcha e’tibor qaratib, iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda”, — dedi u.

Shu bilan birga, Tramp migratsiya masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari kabi Britaniya ham noqonuniy migratsiya oqimidan jiddiy jabr ko‘rmoqda. Shu sababli u hukumatga chegara nazoratini kuchaytirish va migratsiya siyosatini qat’iylashtirishni tavsiya qildi.

Jurnalistlar tomonidan bosh vazirning ehtimoliy iste’fosi haqida berilgan savolga javoban Tramp bu qarorning Starmerning shaxsiy tanlovi ekanini aytdi. Biroq u avvaldanoq Britaniya rahbarini energetika sohasidagi noto‘g‘ri qadamlar oqibati og‘ir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirganini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Starmer siyosati Britaniyani inqirozga yetaklayapti"