
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida kamdan-kam uchraydigan tug‘ma kasalligi bo‘lgan qiz dunyoga keldi. 5 aprel kuni tug‘ilgan qizaloqning yuragi tashqarida joylashgan. Bu haqda “Daily Star”ga tayanib "Qalampir.uz" xabar tarqatdi.
Qizaloqning ota-onasi ultra ovozli diagnostika (UZD) jarayonida go‘dakning salomatligi yaxshi emasligini bilishgan, ammo davolanish va nazoratda bo‘lib turish uchun etarlicha mablag‘lari bo‘lmagan.
Chaqaloq dunyoga kelgach, uning ota-onasi bunday muammo bo‘lishi mumkinligini kutmaganliklarini aytishgan. Shifokorlar go‘dakning yashab ketish ehtimolini 50 foiz deb baholashyapti.
Chaqaloq jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun Dehlidagi shifoxonaga ko‘chirilgan. Yurak ektopiyasi, ya’ni bu organning boshqa joyda joylashishi juda kam hollarda uchraydi. Bunday xastalik bilan tug‘ilgan 90 foiz chaqaloqlar odatda hayotining ilk kunlaridanoq jon beradilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar