date

Germaniyada eriga chumoli kislotasi sepgan ayolga og‘ir jazo berildi

Germaniyada eriga chumoli kislotasi sepgan ayolga og‘ir jazo berildi

Germaniyada turmush o‘rtog‘ini chumoli kislotasi bilan o‘ldirishga uringan ayol sud hukmi bilan 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Bild xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, hukm Braunshveyg sudi tomonidan e’lon qilingan. 27 yoshli Vivien F. qotillikka suiqasd qilish va og‘ir tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilgan.
Tergov materiallariga ko‘ra, voqea 2025 yil noyabr oyida yuz bergan. Ayol uyining yerto‘la qismida 32 yoshli turmush o‘rtog‘i Frederik F.ning ustiga yuqori darajadagi chumoli kislotasini sepib yuborgan.
Huquq-tartibot organlari jinoyat ortida moddiy manfaat bo‘lganini ma’lum qildi. Aytilishicha, erkak ayoli bilan ajrashishni rejalashtirgan, ayol esa uning hayot sug‘urtasi orqali 400 ming yevro mablag‘ni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Sud jarayonida Vivien F. ayblovlarni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, turmush o‘rtog‘i yerto‘lada tasodifan kislota saqlangan idishni ag‘darib yuborgan. Biroq sud mazkur bayonotni ishonchsiz deb baholagan.
Hujum natijasida Frederik F. tirik qolgan bo‘lsa-da, deyarli ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan. Shifokorlar uning ko‘z to‘r pardasi qattiq shikastlangani, o‘pka faoliyati izdan chiqqanini ma’lum qilgan. Erkak bir necha kun sun’iy komada saqlangan va 13 ta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi 12 yil ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, jabrlanuvchiga 250 ming yevro miqdorida tovon puli to‘lash majburiyati ham yuklatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada eriga chumoli kislotasi sepgan ayolga og‘ir jazo berildi